Coded with by MMC

CONTACT INFO

Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami

Медтуризм

— Samarqand viloyat nogironlar reabilitatsiya markazi
Markaz Samarkand shaxar Xuja Axrori Vali ko‘chasi 28 uyda joylashgan.

Pochta indeksi -140114; tel-faks 0366 235-21-36, elektron pochta samreab@mail.ru, veb-sayt samreab.uz,

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining nogironlarni reabilitatsiya qilish buyicha 1996-2000 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 433 sonli qaroriga asosan 1998 yil mart oyida 2 son shahar bolalar shifoxonasi bazasida 50 koyka – o‘ringa mo‘jallanib moslashtirilgan eski binoda tashkil qilingan.

Markazning asosiy binosi bugungi kunda 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 maydagi PQ-1542-sonli qarori”ga asosan 75-o‘ringa muljallanib qurilgan 3-kavatli, zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi binoda joylashgan.

Bugungi kunda markaz 150 koyka o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, shundan 75 ta nogironlar uchun byudjet bo‘limi (yangi binoda) va 75 ta xo‘jalik hisobidagi reabilitatsiya bo‘limi (eski binoda) koyka-o‘rinlardan iborat

Markaz hududi zamonaviy landshaft asosida to‘liq obodonlashtirilgan. Qayrag‘och, kashtan, dub, yapon saforasi, archa va boshqa turli xildagi manzarali daraxtlar va gullar ekilgan.

Markaz moddiy texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmatni bugungi kun talablari darajasida tashkil etish maqsadida oxirgi 3 yil davomida byudjet va byudjetdan tashqari ishlab topilgan mablag‘lar hamda homiylar , grant mablag‘lari xisobidan markazga bir qator zamonaviy tibbiy apparaturalar- UTT-dopler bilan, kompyuterlashgan EKG apparati, EEG, EXO, spirometr, IMAX-112 S-duga rentgen apparati, artroskop, defibrilyator, krovat oldi monitori, jarroxlik stoli, soyasiz lampa, Faza-5 narkoz apparati, elektrokoogulyator apparatlari olib kelib o‘rnatildi. Markaz xodimlarini yuqoridagi tibbiy aparatlani ishlatish uchun qisqa muddatli kurslarda malakalari oshirildi. Bundan tashqari Yaponiya hukumatining kichik hajmdagi beg‘araz yordam dasturi asosida 109.5 ming AQSh dollar miqdorida zamonaviy BTL firmasining 8 dona fizioterapevtik apparatlari olib kelib o‘rnatildi. Xuddi shunday yana 4 dona fizioterapevtik apparatlar byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilindi. Bugungi kunda markazimizning fizioterapiya bo‘limi eng oxirgi rusumdagi fizioterapevtik apparatlar bilan to‘liq jihozlangan viloyatda ushbu tasarrufdagi yagona bo‘lim hisoblanadi. 

Markazda statsionar xizmat bilan bir qatorda bemor va nogironlarga konsultativ diagnostik xizmatlar ham ko‘rsatiladi. UTT, spirometriya, rengenografiya, EFGDs, EKG, EXO, EEG, laboratoriya xizmatlari namunali yulga quyilgan. Bo‘g‘imlarni ultratovush yordamida tekshirish, qon tomirlarini doplerografiya qilish, yurakni exo tekshirish, spirometriya va boshqa bir qator tekshirishlar kuniga o‘nlab nogiron va bemorlarga o‘tkaziladi. Bundan tashqari tor mutaxasisliklar ya’ni okulist, LOR, ginekolog, vertebrolog konsultatsiyalari amalga oshiriladi.

Markazda umurtqa pog‘onasining har xil etiologiyali yemirilish kasalliklarini davolash uchun vertebroplastika jarroxlik amaliyoti yo‘lga qo‘yildi va ushbu jarroxlik amaliyotini o‘tkazish uchun EOP apparati xarid qilindi. Buning natijasida markazda amalga oshirilayotgan bir qator operatsiyalar takomillashtirildi. Yirik bo‘g‘imlarda jarroxlik amaliyotini yopiq usulda o‘tkazish uchun va jarroxlik amaliyotidan keyin bemorni erta oyoqqa qo‘yish maqsadida zamonaviy “Artroskop” apparati xarid qilindi. Markaz vrachlari Toshkent travmatologiya ortopediya ilmiy tekshirish institutida va Rossiya davlatining Kazan shahridagi Endoskopik jarroxlik markazida “Artroskopik travmatologiya va ortopediya” mavzusi bo‘yicha malaka oshirib kelishdi. Bugungi kunda yirik bo‘g‘imlarda artroskopik operatsiyalar muvofaqqiyatli amalga oshirilmoqda. Yuqoridagilardan tashqari bir qator fizioterapevtik apparatlar va reabilitatsiya vositalari olib kelib o‘rnatildi hamda yangi davolash usullari amaliyotga tadbiq qilindi.